21 Yanvar 2023 yil
389
Rishton tumanida velosiped oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Rishton tumani. 2022 yilning 12-dekabr kuni noma’lum shaxs M.Topivoldiyev mahalla hududida voyaga yetmagan I.A.ni qarovsiz qoldirilgan narxi 1.970.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Yu.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati