Rishton tumanida oziq-ovqat doʻkoniga oʻgʻirlikka tushgan shaxs fosh boʻldi
Rishton tumani. 06-iyun kuni A.S IIBga murojaat qilib, unda 05-iyun kunidan 06-iyun kuniga oʻtar kechasi nom’alum shaxs Oybek koʻchasida joylashgan oziq-ovqat doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, jami 800.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.N sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati