10 Yanvar 2022 yil 658

Rishton tumanida gilam tagiga yashirilgan “ogʼu” topildi

Rishton tumani. 03 yanvar kuni tuman IIB TEQKG xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Chek Nasriddin MFY hududida yashovchi M.B.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda yashash xonadoni yotoqxonasidagi gilam tagida qogʼoz parchasiga oʼralgan holda “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʼligʼingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech