28 Yanvar 2023 yil
404
Rishton tumanida “gashish” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Rishton tumani. 2023-yilning 21-yanvar kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Farovonlik mahalla hududida oʻzini shubxali tarzda tutgan E.Z.ni yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “gashish” giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddalarni saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bandi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati