Rishton tumani plastik kartadan mobil ilova orqali pul oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Rishton tumani.2021-yilning 03-dekabr kuni D.D ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartasiga “Cliсk” mobil ilovasi orqali ulanib olib, plastik kartasining hisobidan jami 810.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab yechib olganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.E sodir etganligi aniqlanib, tergov haorakatlari davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati