8 Yanvar 2022 yil
456
Rishton tumani IIB xodimlari oʼgʼirlik jinoyatini sodir etib, tergovdan yashiringan shaxsni qoʼlga olishdi
Joriy yilning 07 yanvarь kuni Rishton tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (oʼgʼirlik) koʼrsatilgan jinoyatni sodir etib, Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan Q.M.ni qoʼlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʼlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʼlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati