16 Yanvar 2023 yil
393
Qidiruvdagi shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar IIO FMB TQKB xodimlari Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida (soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan H.I.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati