30 Sentyabr 2021 yil 2229

RASMIY BAYONOT

Internet ijtimoiy tarmoqlarida Oltiariq tumanida 5 yoshli qizchani oʻldirib, ichki a’zolari olib ketilganligi haqida audioxabar va fotosurat tarqaldi.

Fargʻona viloyati IIB shuni ma’lum qiladiki, viloyat hududida yuqoridagi audioxabarda keltirilgan holat sodir etilmagan.

Fuqarolarimizdan bunday asoslanmagan ma’lumotlar ta’sirida qoʻrquv va sarosimaga tushmasliklarini soʻraymiz.

Shu oʻrinda, ayrim hamyurtlarimiz uchun shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga, jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon axborotlarni tarqatganlik uchun qonunlarimizda javobgarlik belgilanganligini esatib oʻtamiz.

Yuqoridagi ovozli xabar ham odamlar orasida vahima va sarosima uygʻotishga, huquq-tartibot organlarini obroʻsizlantirishga qaratilgan yolgʻon axborot ekanligini unutmang.

Hozirda asossiz yolgʻon axborot tarqatgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

Ogoh boʻling. Har qanday xabar va yangiliklarni rasmiy veb-saytlardan hamda telegram kanallaridan olishga harakat qiling!

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech