Rasmiy munosabat: Internetning Uou tube tarmogʼida “Prezidentga murojaat qilgan tadbirkorni qiynashyapti” nomli videomurojaat yuzasidan
Rasmiy munosabat: Internetning Uou tube tarmogʼida “Prezidentga murojaat qilgan tadbirkorni qiynashyapti” nomli videomurojaat yuzasidan Rasmiy munosabat: Internetning Uou tube tarmogʼida “Prezidentga murojaat qilgan tadbirkorni qiynashyapti” nomli videomurojaat yuzasidan
Fargʼona viloyati Dangʼara tumanidan yoʼllangan Yoʼldoshev Oʼtkirjon Tursunovichning murojaati yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, holat yuzasidan 27.09.2019 yil kuni Qoʼqon shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Jinoyat ishi 29.09.2019 yil kuni Fargʼona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga qabul qilingan.Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida Oʼ.Yuldashev va 3 nafar fuqarolarning oʼrtasidagi oʼzaro oldi-berdi munosabatlarida Oʼzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli 24.12.2019 yil kuni jinoyat ishi Oʼzbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilgan. Oʼ.Yoʼldoshevga mazkur holat yuzasidan Fuqarolik ishlari boʼyicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati