25 Iyul 2023 yil 245

Quvasoy shahrida toʻyxonaga oʻgʻirlikka tushgan shaxslar aniqlandi

Quvasoy shahar. M.B. IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 11-iyul kuni noma’lum shaxs Xuvaydo MFY hududida joylashgan toʻyxonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, narxi 6 000 000 soʻmlik muzlatgich, bir dona narxi 9 000 000 soʻmlik “Кleo” nomli salqin ichimliklar muzlatgichi va 4 dona narxi 3 000 000 soʻmlik rangli qandillarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.J va voyaga yetmagan X.A.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmat

Text to speech