23 Mart 2022 yil 361

Quvasoy shahrida Rossiya federatsiyasiga ishga yuborishni va’da qilib pullarni qoʻlga kiritgan shaxs qoʻlga tushdi

Quvasoy shahri. 2021-yilning 07-iyul kuni fuqaro U.F IIBga murojaat qilib, unda 17-iyun kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, 350 AQSH dollari evaziga Rossiya Federatsiyasiga ishga yuborishini aytib, pullarni olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech