19 May 2022 yil 392

Quvasoy shahrida IIB xodimini haqorat qilgan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Joriy yilning 16-aprel kuni soat 21:00 larda Quvasoy shahar X.Olimjon MFY, Sarbazor koʻchasi hududida Quvasoy shahar IIB JXX HPB profilaktika inspektori Jinoyat ishlari boʻyicha Quvasoy shahar sudining hukmi bilan 4-yil 2 oy 8 kun ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan Yu.D ismli ayolning maqsadsiz yurganligini aniqlab, ushbu holatni belgilangan tartibda rasmiylashtirmoqchi boʻlgan.

Biroq, Yu.D ismli ayol sodir etgan jinoyati uchun jazo oʻtab kelayotgan boʻlsada, oʻziga tegishli xulosa chiqarmasdan, sud tomonidan unga belgilangan sutkaning soat 19:00 dan soat 06:00 ga qadar u yoki bu sabab bilan yashash joyini tark etishi haqidagi talabini buzib, yashash joyini tark etib, ushbu holatni aniqlagan profilaktika inspektori oʻz xizmat burchini bajarayotgan vaqtida qonuniy faoliyatiga qarshilik koʻrsatib, koʻpchilik fuqarolar oldida sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech