6 Iyul 2023 yil 397

Quva tumanida plastik kartadan pul oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shax aniqlandi

Quva tumani. Fuqaro M.A 2023-yil 12-fevral kuni noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 4.065.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab yechib olganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan I.A sodir sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech