1 Noyabr 2022 yil 359

Quva tumanida “gashish” saqlagan shaxs aniqlandi

Quva tumanida 18-oktabr kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent mahalla hududida yashovchi J.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasidan bir dona sigaret qutisida “gashish” giyohvandlik moddasi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech