Qoʻshtepa tumanidan xonadondan 500 AQSH dollari oʻgʻirlagan ayol qoʻlga tushdi
Qoʻshtepa tumani. Vatan mahallasida yashovchi fuqaro S.A IIBga murojaat qilib, unda 01-yanvar kunidan 03-yanvar kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadoni yotoqxonasidagi temir quti ichida boʻlgan 500 AQSH dollari miqdoridagi pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.X ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati