Qoʻshtepa tumanida omborxonasida giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻshtepa tumani. 13-oktabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Nurafshon MFY hududida yashovchi T.S.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, omborxonasida kelgusida oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddani saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati