27 Oktyabr 2022 yil 425

Qoʻshtepa tumanida “Damas” rusumli avtomashinani olib qochgan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻshtepa tumani. 25-oktabr kuni A.B spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda Gʻishtmon mahalla hududida yashovchi orqali piyoda ketayotib, S.O.ni yashash xonadoni oldida eshiklari quflanmagan holda qarovsiz qoldirgan “Damas” rusumli avtomashinasini koʻrib, avtomashinaga oʻtirib, kaliti oʻzida boʻlganligidan foydalanib, uni boshqarib hodisa joyidan noma’lum tomonga ketib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yil yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech