23 May 2023 yil 364

Qoʻshtepa tumanida plastik kartadan kompyuter tizimi orqali 5.771.784 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻshtepa tumani. Fuqaro T.u IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 09-mart kuni noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, jabrlanuvchiga sezdirmasdan plastik kartasi hisobida boʻlgan 5.771.784 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab yechib olganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Q.H ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech