17 Iyun 2023 yil
353
Qoʻqon shahrida yonida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar. 2023-yilning 03-iyun kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, T.Malik koʻchasida shubxali koʻringan T.R.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “Gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati