Qoʻqon shahrida uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahri. 21-sentabr kuni Bagʻdod koʻchasida yashovchi M.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 19-sentabr kunidan 20-sentabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasida boʻlgan narhi 120 AQSH dollarli “Ипҳоне-6” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.I sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati