5 Avgust 2021 yil 428

Qoʻqon shahrida qarovsiz qoldirilgan velosipedni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahri. 27-iyul kuni fuqaro Sh.A. IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs V.Toʻra koʻchasi oldida qarovsiz qolgan oʻziga tegishli boʻlgan narhi 1.500.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni D.U sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech