Qoʻqon shahrida qarovsiz qoldirilgan katmonni oʻgʻirlagan ayol qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar. 22-fevral kuni T.J ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda noma’lum shaxs, Navbahor koʻchasidagi savdo kompleksi hududidagi savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirgan ichida 1.800.000 soʻm puli solingan katmonini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.R ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati