3 Fevral 2023 yil
412
Qoʻqon shahrida pullarini ayirboshlamoqchi boʻlgan shaxs firibgarga aldandi
Qoʻqon shahar. 2023 yilning 27 yanvar kuni I.D S.M.ning ishonchiga kirib, uning 300 AQSh dollarini 3.420.000 soʻmga ayirboshlab berishini vaʼda qilib, unga 2.320.000 soʻm pullarini berib, qolgan 1.100.000 soʻm pullarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati