8 Aprel 2023 yil 405

Qoʼqon shahrida “opiy” giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs qoʼlga tushdi

Qoʼqon shahar. 2023 yilning 23 mart kuni Fargʼona viloyati IIB 2-mintaqaviy hudud PPX xodimlari Charxiy koʼchasida xizmat olib borishayotgan vaqtida, А.Q toʼxtatilib yoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, “opiy” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʼqon shahar IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech