1 Aprel 2023 yil 353

Qoʼqon shahrida “ogʼufurush” qoʼlga tushdi

Qoʼqon shahar. 29 mart kuni kuni shahar IIB TQX JQB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Аxillik koʼchasida yashovchi А.D yashash xonadonida “gashish” giyohvandlik moddalarini 400.000 soʼm evaziga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan sotgan bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Qoʼqon shahar IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi koʼzgʼatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʼligʼingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech