13 Fevral 2023 yil 410

Qoʻqon shahrida kuchli taʼsir qiluvchi moddani sotgan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. 2023 yilning 26 yanvar kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, T.Z Davronbek koʻchasida 300.000 soʻm evaziga “alʼfa-pirrolidinovalerofenin” kuchli taʼsir qiluvchi moddasini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech