7 Fevral 2023 yil 604

Qoʻqon shahrida jome masjid hovlisidan velosiped oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. Fuqaro K.M IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 24-yanvar kuni noma’lum shaxs Yangi Chorsu koʻchasida joylashgan jome masjidi hovlisida qarovsiz qoldirilgan 1.500.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligi bildirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni U.R sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: