12 Aprel 2022 yil 415

Qoʻqon shahrida gashish saqlagan shaxs qoʻlga olindi

Qoʻqon shahri.08-aprel kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qoʻrgʻoncha koʻchasida yashovchi T.X Istiqlol koʻchasida toʻxtatilib, yoni holislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda uning “Lasseti” rusumli avtomashinasida “Gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech