Qoʻqon shahrida gashish giyohvandlik moddalarini sotgan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar. 2023-yil 01-iyul kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Rayxon mahalla hududida yashovchi X.M ismli ayol 680.000 soʻm evaziga gashish giyohvandlik vositasini sotayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati