14 Iyun 2023 yil 586

Qoʻqon shahrida 3 nafar talonchilar qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. 2023-yilning 10-iyun kuni X.M, voyaga yetmagan X.A va voyaga yetmagan U.F.lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh boʻlgan holda R.S.ning narxi 800 AQSH dollarlik “Iphone 13 Pro max” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talonchilik yoʻli bilan talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech