25 Sentyabr 2021 yil 539

Qoʻqon shahrida yonida “ogʻu” saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahri. 22-sentabr kuni shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Sh.J.ning Zarrinsaroy koʻchasida yonini xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, egnidagi kiyimining choʻntagida “gashish” giyohvandlik moddani saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech