27 Mart 2023 yil
352
Qoʻqon shaharida “opiy” giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar. 2023 yilning 12 mart kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, T.Malik koʻchasida turgan U.S.ning yoni holislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “Opiy” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati