8 Oktyabr 2022 yil 483

Qoʻqon shahar IIB Probatsiya boʻlimi xodimlari qidiruvdagi ayolni qoʻlga olishdi

Qoʻqon shahar IIB Probatsiya boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan I.N ismli ayolni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech