28 Noyabr 2022 yil
404
Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi
Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan X.U.ni qoʻlga olishdi.
Qoʻqon shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Yu.M.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati