16 Sentyabr 2022 yil 215

Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan E.T.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JXX YHXB 2-Mintaqaviy hudud 2-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.B.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech