26 Mart 2020 yil 847

Qidiruvdagi shaxs ushlandi

Bagʼdod tumani. Bagʼdod tumani IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida Oʼzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Bagʼdod tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan qidiruv eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan Otabek А. 20.03.2020 yilda Qoʼqon shahar markazida qoʼlga olingan.

Fargʼona viloyat IIB xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxslarni aniqlashga qaratilgan tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda. 

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

 

Text to speech