24 Fevral 2023 yil
367
Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi
Quvasoy shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan S.U.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB “Qidiruv” boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv eʼlon qilingan Yo.M.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati