1 Iyul 2023 yil
382
Qidiruvdagi ayol qoʻlga olindi
Fargʻona viloyati IIB TQX Qidiruv boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan R.F ismli ayolni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati