3 Aprel 2023 yil 190

Qidiruvdagi 2 nafar firibgarlikda gumonlangan shaxslar qoʼlga tushdi

Oltiariq tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʼrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv eʼlon qilingan M.H.ni qoʼlga olishdi.

Shuningdek, Fargʼona viloyati IIB TQX Qidiruv boʼlimi va Uchkoʼprik tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʼrsatilgan jinoyatni sodir etib, Uchkoʼprik tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan А.S.ni qoʼlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʼlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʼlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech