22 Yanvar 2022 yil
444
Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi
21.01.2022-yil kuni Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan N.M.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek Fargʻona tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan B.A.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati