14 Sentyabr 2022 yil 436

Qidiruvdagi shaxs qoʻlga tushdi

Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida boʻlgan Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan N.O.ni Moskva shahri hududida qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech