3 Iyun 2023 yil
395
Qidiruvdagi shaxs qoʻlga olindi
Fargʻona viloyati IIB TQX Qidiruv boʻlimi va shahar IIO FMB Probatsiya xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (Oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Yu.B.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati