15 May 2023 yil 454

Qidiruvdagi erkak va ayol qoʻlga olindi

Fargʻona shahar IIO FMB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.L.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Bogʻdod tumani IIB MvaFRB xodimlari Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismida (Oʻzbekistoni Respublikasi chegara qoidasini buzish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan S.D ismli ayolni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech