30 May 2023 yil
462
Qidiruvdagi shaxs qoʻlga olindi
Fargʻona viloyati IIB TQX Kidiruv boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida (Soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.F.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati