18 Oktyabr 2024 yil
2292
Farg‘ona shahrida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
Farg‘ona viloyati
IIB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari hamda Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish qo‘mitasining joylardagi mutaxassislari tomonidan aholi
xonadonlarida, maktablarda hayvonlardan odamlarga o‘tadigan o‘ta yuqumli kasalliklar
haqida tushuntirish targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Farg‘ona
viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan
hamkor tashkilotlar ishtirokida Farg‘ona shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida
quturish kasalligining kelib chiqishi va uning profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish
ishlari olib borildi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati