10 Sentyabr 2024 yil 1898

Probatsiya hisobidagi ayollar uchun sayyor qabullar o‘tkazildi

Uchko‘prik tumanida probatsiya hisobida turuvchi ayollar bilan viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosari, tuman hokim o‘rinbosari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi rahbari, tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi va probatsiya bo‘limi  xodimlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida muammosi mavjud ayollarning muammolari tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi. 2 nafar ayollar ishga joylashtirildi, 1 nafar ayolga tikuv mashina va kredit olishi uchun hujjatlari rasmiylashtirildi. Har bir ayollar kelgusida qayta jinoyat sodir etishini oldini olish maqsadida rasmiy ogohlantirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech