28 Oktyabr 2024 yil
2092
Farg‘ona viloyat IIB karantin guruhi xodimlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari sifati qat’iy nazorat qilinmoqda
Viloyat IIB karantin guruhi xodimlari va Farg‘ona shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida Farg‘ona shahar dehqon bozorida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Shuningdek, mahsulotlarni saqlash va bu borada xavfsizlik choralarini ko‘rish bo‘yicha tadbirkorlarga muntazam ravishda tushuntirish va targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati