27 Yanvar 2022 yil 486

Oʻzbekiston tumanida tandir orqasiga “Marixuna” giyohvandlik moddasini yashirgan shaxs aniqlandi

Oʻzbekiston tumani. 19-yanvar kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Na’muna MFY hududida yashovchi M.S.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, hovlisidagi tandir orqasida “Marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech