23 May 2023 yil 251

Oʻzbekiston tumani IIB xodimlari qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olishdi

Oʻzbekiston tumani IIB TQX TQKB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan O.E.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech