7 Sentyabr 2022 yil
708
Oʻzbekiston tumani IIB MvaFRB xodimlari qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olishdi
Oʻzbekiston tumani IIB MvaFRB xodimlari Jinoyat kodeksining 189-moddasi 2-qismida (savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan O.X.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati